Asab tizimi buzilişi
Yolğon gapiriş yoki uni yaşiriş insonning içki psixologik muhitida doimiy zöriqişni yuzaga keltiradi. Tanamiz buni xavfli signal sifatida qabul qiladi va “stress gormoni” – kortizol işlab çiqarişni oşiradi. Kortizolning miqdori uzoq vaqt davomida yuqori bölsa, u tananing turli tizimlariga salbiy ta’sir körsatadi.
Xususan, kortizol miqdorining oşişi asabiylaşuv, bezovtalik, diqqat va konsentratsiya pasayişi, uyqu sifatining buzilişiga olib keladi.
Yurak-qon tomir faoliyati izdan çiqişi
Yolğon yurak-qon tomir tizimiga ham sezilarli zarar yetkazadi. Psixologik tadqiqotlar şuni körsatadiki, tez-tez yolğon gapiradigan yoki haqiqatni yaşiradigan insonlarda arterial qon bosimi oşadi, yurak urişi tezlaşadi va kardiologik kasalliklar xavfi ortadi.
Buning sababi şundaki, yolğon bilan boğliq içki zöriqiş organizmni doimiy stress holatiga olib keladi. Tanada stress paytida kortizol va adrenalin gormonlari köpayadi, bu esa yurak muşaklariga ortiqça yuk tuşişi, qon tomirlarining torayişi va qon bosimining kötarilişiga sabab böladi. Agar bu holat uzoq davom etsa, inson gipertenziya, ateroskleroz yoki yurak xuruji xavfi ostida qoladi.
Şuningdek, doimiy asabiylik va içki zöriqiş uyqu sifati hamda psixologik barqarorlikka salbiy ta’sir körsatadi. Inson yaxşi uxlolmaydi, çarçoq hissi kuçayadi, diqqat va konsentratsiyasi susayadi.
Ruhiy salomatlik zaiflaşuvi
Yolğonni yaşiriş yoki doimiy eslab turiş içki zöriqiş va psixologik stressni oşiradi. Bunday holatda inson özini xavotirli, ğamgin va çarçagan his qiladi. Şuningdek, yolğon ijtimoiy aloqalarga ham salbiy ta’sir qiladi. Inson öz atrofidagilarga nisbatan işonçni yöqotadi, oçiq va samimiy muloqot qilişi qiyinlaşadi. Bu esa oilaviy va işdagi munosabatlarning sifatini pasaytiradi, ijtimoiy izolyatsiya xavfini oşiradi.
Inson doimiy ravişda yolğonni eslab, uni yaşirişga uriniş bilan içki zöriqişni kuçaytiradi. Doimiy stress tufayli immunitet zaiflaşadi, organizm kasalliklar va infeksiyalarga nisbatan himoyasiz qoladi. Şu sababli yolğon bilan boğliq içki zöriqiş kasalliklarga çaliniş ehtimolini oşiradi.
Hazm qiliş sustlaşuvi
Bu odat ovqat hazm qiliş tizimiga ham sezilarli ta’sir körsatadi.

















