Jahon | 01:11 / 13.10.2025
6868
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy Tibetda ulkan to‘g‘on qurishni boshladi – OAV

Qayd etilishicha, Xitoyning Braxmaputra transchegaraviy daryosining boshlanish nuqtasi ustidan nazorat o‘rnatishi uning Hindiston va Bangladeshga ta’sirini kuchaytirishi mumkin.  

Foto: Getty Images

Xitoy Tibetdagi Yarlung-Tsangpo daryosi kanonida «Medog» gidroelektrostansiyasining to‘g‘oni qurilishini boshladi, deb xabar berdi Foreign Policy.

Ekolog Ven Tszyabaoning so‘zlariga ko‘ra, ushbu qurilish o‘ta maxfiy tarzda olib borilmoqda. Uning ta’kidlashicha, loyiha mahalliy o‘simlik va hayvonot dunyosiga tahdid soladi.  

Janubiy Osiyo masalalari bo‘yicha ekspert Niraj Singx Manxasning qayd etishicha, Xitoyning Braxmaputra transchegaraviy daryosining boshlanish nuqtasi ustidan nazorat o‘rnatishi uning Hindiston va Bangladeshga ta’sirini kuchaytirishi mumkin.  

Ekspertlarning fikricha, “megato‘g‘on”ning oshkora ekologik va ijtimoiy baholashlarsiz qurilishi mintaqa suv resurslari va iqlimi uchun jiddiy oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid