Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva YeTTB prezidenti bilan uchrashdi
O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso bilan uchrashdi.
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
Prezident Shavkat Mirziyoyevning ochiqlik siyosati va mamlakat farovonligini oshirishga qaratilgan islohotlari tufayli O‘zbekiston va YeTTB o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi.

Bank ko‘magida irrigatsiya va «yashil» iqtisodiyot sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli infratuzilma loyihalarini alohida qayd etish lozim.

"Biz mamlakatimizdagi ko‘plab xotin-qizlar va yoshlarning hayotini ijobiy tomonga o‘zgartirayotgan Women in Business va Youth in Business dasturlari qo‘llab-quvvatlanayotgani, shuningdek, Qoraqalpog‘istonda hududning barqaror rivojlanishiga qaratilgan loyihalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlikni yuksak qadrlaymiz", deydi Saida Mirziyoyeva.

Uchrashuvda Markaziy Osiyo mamlakatlarining yaxshi qo‘shnichilik borasidagi umumiy sa’y-harakatlari tufayli mintaqada ishonch va hamkorlik muhiti qaror topgani haqida yakdil fikr bildirildi.
"Ishonchim komilki, YeTTB bilan sheriklik bundan buyon ham O‘zbekiston va butun mintaqaning ravnaqiga xizmat qiladi", dedi O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi rahbari.


Mavzuga oid
10:05 / 11.02.2026
O‘zbekiston qatorasiga oltinchi yil YeTTB eng ko‘p moliyalashtirgan davlat bo‘ldi
18:33 / 07.02.2026
Amerika – O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining birinchi yig‘ilishi o‘tkazildi
09:35 / 06.02.2026
Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston Senati raisi Maulen Ashimbayev bilan uchrashdi
18:41 / 05.02.2026