O‘zbekiston | 13:27 / 14.10.2025
1683
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdan Peterburgga yangi to‘g‘ridan to‘g‘ri aviareys yo‘lga qo‘yiladi

Centrum Air aviakompaniyasi 26 oktyabrdan boshlab Toshkentdan Sankt-Peterburgga to‘g‘ridan to‘g‘ri aviareyslarni yo‘lga qo‘yadi.

Foto: Uzbekistan Airports

2025 yil 26 oktyabrdan boshlab Centrum Air aviakompaniyasi  O‘zbekiston poytaxti va Rossiyaning Sankt-Peterburg shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovlarini yo‘lga qo‘yadi.

Aviakompaniya Telegram-kanali ma’lumotiga ko‘ra, ushbu yo‘nalish bo‘yicha parvozlar haftada uch marta – dushanba, seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

Centrum Air 2023 yilda tashkil etilgan va shtab-kvartirasi Toshkentda joylashgan xususiy aviakompaniya hisoblanadi. 2025 yil avgust holatiga ko‘ra, aviatashuvchi parki 11 ta samolyotdan iborat edi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid