Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elektromobillar savdosi jahon rekordini o‘rnatdi
Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, o‘sish Xitoydagi yuqori talab va AQShdagi xaridorlar oqimi bilan bog‘liq.
Foto: Reuters
Sentyabr oyida to‘liq elektr va tarmoqdan quvvat oluvchi gibrid avtomobillarning global savdosi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 26 foizga oshib, rekord darajadagi 2,1 million donani tashkil etdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, o‘sish Xitoydagi yuqori talab va soliq imtiyozlari yakunida AQShdagi xaridorlar oqimi bilan bog‘liq. Shimoliy Amerikada sotuvlar 66 foizga oshib, 215 ming donaga yetdi.
Jahon savdosining yarmidan ko‘pi Xitoyga to‘g‘ri keldi - taxminan 1,3 million dona avtomobil. Bu ajablanarli emas, chunki u allaqachon elektromobillar bozorining «lokomotiviga» aylangan.
Yevropada ham «bum» qayd etildi - sotuvlar 427 mingdan oshdi. Bunga Germaniyadagi davlatning rag‘batlantiruvchi dasturlari va Buyuk Britaniyadagi yuqori talab sabab bo‘lgan.
Mutaxassislarning prognozlariga ko‘ra, yaqin oylarda Yevropa bozoriga Tesla Model Y arzonroq versiyasining kirib kelishi raqobatni yanada kuchaytiradi.
Shu bilan birga, to‘rtinchi chorakda AQShda elektromobillarga talab keskin pasayishi kutilmoqda, chunki iste’molchilar ham, biznes ham soliq imtiyozlaridan foydalanish imkoniyatini yo‘qotadi.
Mavzuga oid
12:05
AQSh Yevropadan Ukraina uchun yangi qurol xaridlarini kutmoqda
21:58 / 10.02.2026
Yevropa davlatlari NATO boshqaruvida ko‘proq rol o‘ynashga kelishib oldi
14:58 / 10.02.2026
Nemislarning ko‘pchiligi Rossiyadan keyin AQShni tinchlikka eng katta tahdid deb hisoblaydi
10:20 / 10.02.2026