Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qamchiq dovonida yangi turizm maskani barpo etiladi
Vodiyni poytaxt bilan bog‘laydigan Qamchiq dovonining Namangan viloyatidan o‘tgan qismida zamonaviy dor yo‘li va dam olish majmuasi quriladi. Loyiha 90 gektar maydonni qamrab oladi, va uni Avstriyaning Doppelmayr/Garaventa guruhi amalga oshiradi.
Doppelmayr/Garaventa guruhi — Avstriya va Shveytsariyada tashkil topgan, kanatli yo‘llar (ropeways), gondolalar, liftlar, yo‘lovchi va material tashish sistemalari ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalar guruhi. Guruh turli texnologiyalar, sistemalar va xizmatlar bo‘yicha yetarlicha keng portfelga ega. Kompaniya dunyo bo‘ylab 96 ta mamlakatda 15,000 dan ortiq kanat yo‘llari loyihalashtirgan.
Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov Doppelmayr/Garaventa guruhi vakillari – Joxannes Triyebnik, Valeriy Yashin, Yevgeniy Kuprinni qabul qildi.

O‘zaro muloqotda loyihaning ahamiyati va amalga oshiriladigan qurilish obektlari muhokama qilindi.
Mazkur loyihani Namanganning yirik tadbirkorlaridan biri - Aisha group kompaniyasi rahbari Jobir Kamoliddinov moliyalashtirmoqda.
Mavzuga oid
11:00 / 12.06.2026
O‘zbekistonda har yili “Ochiq turizm mavsumi” dasturi o‘tkaziladi
14:06 / 11.06.2026
Qamchiq dovonida avtomobil jarlikka tushib ketdi
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
22:50 / 03.06.2026