Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeK Gucci, Chloé va Loewe'ni millionlab yevro jarimaga tortdi
Uchta lyuks brend yillar davomida Yevropa Ittifoqining monopoliyaga qarshi qoidalarini buzgan. Endi Yevropa komissiyasi ularga 157 million yevrodan ortiq jarima to‘lashni buyurdi.
Yevropa komissiyasi (YeK) Gucci, Chloé va Loewe lyuks brendlarini Yevropa Ittifoqining monopoliyaga qarshi qonunlarini buzganlikda ayblab, ularga katta miqdorda jarima soldi. 14 oktyabr, seshanba kuni e’lon qilingan YeK bayonotiga ko‘ra, har uchala kompaniya ham mustaqil do‘konlar va o‘z mahsulotlarini sotuvchi onlayn platformalarning tijorat amaliyotiga aralashgan. Kompaniyalar regulyatorning qaroriga rozi bo‘ldi.
Eng katta jarima – 120 million yevroni Fransiyaning Kering konserni tarkibiga kiruvchi Gucci to‘laydi. Fransiyaning Chloé moda uyi 20 million yevro, ispan brendi Loewe esa taxminan 18 million yevro to‘lashga majbur bo‘ldi. Bu miqdorlar allaqachon kamaytirilgan, chunki uch kompaniya ham tergov bilan hamkorlik qilgan, deya ta’kidladi Yevrokomissiya.
Bryussel rasmiylariga ko‘ra, Gucci, Chloé va Loewe mustaqil ravishda, ammo o‘xshash tarzda harakat qilgan. Xususan, ular boshqa do‘konlarga tavsiya etilgan narxlardan chetga chiqishni, maksimal chegirma darajasini belgilashni va sotish muddatlarini belgilashni taqiqladi. Ba’zi hollarda ular chakana sotuvchilarga mahsulotlarga, jumladan sumkalar, kiyim-kechak, poyabzal va zargarlik buyumlariga chegirmalarni taklif qilishni taqiqlagan, deya qo‘shimcha qildi Yevrokomissiya.
Mavzuga oid
11:01 / 14.07.2026
Yo‘lbo‘yi pulli avtoturargohlar uchun haq to‘lamaganlarga jarima qo‘llanishi mumkin
21:36 / 12.07.2026
Bug‘doydan bo‘shagan yerlarni yoqib yuborgan 172 kishiga 212,5 mln so‘m jarima solindi
10:45 / 17.06.2026
Muddati o‘tgan mahsulotlarni sotganlik uchun jarimalar oshirilishi mumkin
11:49 / 20.05.2026