Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2026 yildan yaroqlilik muddati o‘tgan tovarlarning savdosi cheklanadi
O‘zbekistonda joriy etilayotgan raqamli markirovkalash tizimi yuqori likvidli mahsulotlar muomalasining shaffofligini oshirishga xizmat qiladi.
2026 yil 1 martdan boshlab raqamli markirovkalash yaroqlilik muddati o‘tgan tovarlar realizatsiyasini cheklaydi.
Majburiy raqamli markirovkaga tegishli mahsulotlar:
🔵alkogol va tamaki mahsulotlari;
🔵pivo mahsulotlari;
🔵maishiy texnikalar;
🔵dori vositalari va tibbiy buyumlar;
🔵suv va salqin ichimliklar.
Ishlab chiqaruvchi va import qiluvchilar mahsulot haqidagi ma’lumotlarni “Asl belgisi” AISga kiritib, Data Matrix kodi orqali raqamli markirovka qo‘llaydi.
Savdo vaqtida 2D skaner orqali kod tekshiriladi. Agar yaroqlilik muddati o‘tgan bo‘lsa, chek shakllanmaydi va realizatsiya avtomatik to‘xtatiladi. Bunday tovarlar tizimda yaroqsiz deb belgilanadi va belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi.
Mavzuga oid
16:35 / 15.06.2026
«Sotilgan tovar qaytarib olinmaydi». Bu qonuniy talabmi?
12:27 / 16.02.2026
Tovarlarni erkin muomalaga chiqarishda elektron tasdiq olish tartibi joriy etiladi
09:59 / 11.06.2025
Ayrim mahsulotlarning tasnifiy kodi o‘zgartirilmoqda
14:40 / 26.05.2025