Raqamli markirovkalangan mahsulotlarning harakat zanjirini töliq kuzatib boriş orqali yaşirin işlab çiqariş va kontrafakt mahsulotlar muomalasiga çek qöyiş asosiy maqsad etib belgilandi.
Tadbirkorlar tomonidan olingan markirovka kodlarini mahsulotlarga qöllaş uçun belgilangan 90 kalendar kunlik muddat bekor qilinadi.
Markirovka kodlari mahsulotga bevosita qöllangandan keyin ular uçun tölov amalga oşiriladi.
Raqamli markirovkalangan mahsulotlarni agregatsiyalaşda qöllanadigan markirovka kodlari Raqamli markirovkalaş va kuzatiş milliy axborot tizimi operatori tomonidan bepul taqdim etiladi
Tadbirkorlarning murojaatlarini tezkor hal etiş maqsadida operator tomonidan tunu kun işlaydigan “Call-markaz” faoliyati yölga qöyiladi.
2025 yil 1 iyuldan:
- import qiluvçi taşkilot tomonidan Özbekiston hududiga olib kirilgan dori vositalarini ularning ulgurji va çakana savdosi bilan şuğullanuvçi tadbirkorlarga töğridan töğri yoki uning rasmiy dilerlari orqali realizatsiya qiliş elektron hisobvaraq-faktura asosida amalga oşiriladi;
- raqamli markirovkalangan mahsulotlarni ulgurji sotiş faqat naqd pulsiz şaklda bank hisobvaraqlari orqali amalga oşiriladi.
















