Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Trampni Ukrainaga Tomahawk raketalarini berish oqibatlaridan ogohlantirdi
Rossiya rahbari bu harakat ikki davlat munosabatlariga jiddiy zarar yetkazishini aytdi.
Foto: Australian military
Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali suhbatda Tomahawk raketalarining ehtimoliy yetkazib berilishi ikki davlat munosabatlariga jiddiy zarar yetkazishini, Ukraina masalasini esa hal qilmasligini aytdi. Bu haqda Rossiya rahbari yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi.
«Suhbatda Ukrainaga uzoq masofali Tomahawk qanotli raketalarini yetkazib berish muammosi ham ko‘tarildi. Vladimir Putin Tomahawk jang maydonidagi vaziyatni o‘zgartirmasligi haqidagi tezisini takrorladi, ammo bularning barchasi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarga jiddiy zarar yetkazadi, tinch yo‘l bilan hal qilish istiqbollari haqida gapirmasa ham bo‘ladi», dedi Ushakov.
«Tramp ertaga Zelenskiy bilan uchrashishini aytdi, shuningdek, Zelenskiy bilan muloqot chog‘ida, tabiiyki, bugungi telefon suhbatida Rossiya prezidenti tomonidan bildirilgan mulohazalarni hisobga olishini aytdi», deb qo‘shimcha qildi Putinning yordamchisi.
Tramp 17 oktyabr kuni Oq uyda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni qabul qiladi. Ular Tomahawk raketalarini Ukrainaga topshirish masalasini muhokama qilishi mumkinligi aytilmoqda.
Mavzuga oid
23:26 / 10.02.2026
Rossiyada tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bosh tortgan migrantlar uchun jarima 12,5 baravar oshiriladi
21:58 / 10.02.2026
Yevropa davlatlari NATO boshqaruvida ko‘proq rol o‘ynashga kelishib oldi
18:48 / 10.02.2026
Rossiyada daromadi yashash minimumidan past bo‘lgan migrantlarga patent berilmaydi
15:06 / 10.02.2026