Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda kumushning noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi
Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Narpay tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, Navoiy viloyatida yashovchi, 1980, 1983 va 1987 yillarda tug‘ilgan 3 nafar shaxs “shartli xaridor”ga 18 kg kumush qimmatbaho metall qotishmasini har bir grammini 11 700 so‘mdan hisoblab, jami 21 ming AQSh dollariga sotgan vaqtlarida jinoyat ustida ushlandi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasining tegishli xulosasiga ko‘ra, ashyoviy dalil sifatida olingan mazkur metallning sof og‘irligi 16 kg 744 gr bo‘lib, asillik darajasi “999”ni tashkil etadi.
Shuningdek, tegishli baholash xulosasiga ko‘ra, ushbu kumush metallning narxi 502 mln 344 ming so‘mni tashkil etadi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ushbu qimmatbaho metallning kelib chiqish manbasini aniqlash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Mavzuga oid
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:57 / 12.06.2026
Toshkentda 34 kilogrammdan ziyod narkotik moddalar musodara qilindi
10:50 / 12.06.2026