O‘zbekiston | 11:33 / 17.10.2025
16404
2 daqiqa o‘qiladi

Hafta oxirida harorat pasaya boshlaydi

Shanba kunidan O‘zbekistonga salqin havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Harorat kunduzi +15…+28, kechasi +3…+11 daraja atrofida bo‘ladi. Tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Foto: Kun.uz

18 oktyabrda shimoli-g‘arbdan nisbatan salqin havo massalari kirib kelishi boshlanadi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.

Juma kunduzi O‘zbekiston bo‘yicha iliq va quruq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati +23…+28 darajani, shimolda +20…+25 darajani tashkil etadi.

Shanba kunduzi asta-sekin havo harorati pasayadi va +21…+26 darajani, shimolda +15…+20 darajani, yakshanba kuni +28…+23 darajani, shimolda +13…+18 darajani tashkil etadi. Havo harorati kechalari +6…+11 darajagacha, shimolda +3…+8 darajagacha pasayadi.

Dam olish kunlari yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat 18 oktyabr kuni kechga tomon Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 19 oktyabrda tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin. Shamol 712 metr/soniya tezlikda esadi.

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 38 metr/soniya tezlikda esadi. Havo harorati juma kunduzi +25…+27 daraja, shanba kuni +23…+25 daraja, yakshanba kuni +19…+21 daraja bo‘ladi. Kechalari harorat asta-sekin +8…+10 darajagacha pasayadi.

Mavzuga oid