Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda 19 yoshli futbolchi o‘yin vaqtida o‘zini yomon his qilib, shifoxonada vafot etdi
O‘yinning ikkinchi bo‘limida futbolchi gazonga yotib olgan va uni zambilda olib chiqib ketishgan.
Qozog‘istonning «Xon-Tangri» klubining 19 yoshli hujumchisi Dias Toleu Birinchi liganing 25-turi doirasida «Ekibastuz»ga qarshi kechgan o‘yin vaqtida o‘zini yomon his qildi. U 64-daqiqada oyoq tomirlari tortishib, gazonga yotib olgan. Uni zambilda maydondan olib chiqib ketishga to‘g‘ri kelgan.
Futbolchi shifoxonada jon bergan. Qozog‘iston futbol federatsiyasining rasmiy ma’lumotida o‘lim sabablariga aniqlik kiritilmagan.
«Qozog‘iston birinchi ligasida to‘p tepayotgan «Xon-Tangri» klubi futbolchisi Dias Toleu vafot etgani haqida chuqur qayg‘u bilan ma’lum qilamiz.
Qozog‘iston futbol federatsiyasi nomidan uning oila a’zolari, do‘stlari va jamoadoshlariga chuqur hamdardlik bildiramiz. Bu – butun Qozog‘iston futboli uchun yo‘qotish.
Bosh kotib Devid Loriya va professional klublar o‘rtasidagi musobaqalar direksiyasi rahbari Baxitjan Pazilxayr voqeaning barcha holatlariga oydinlik kiritish uchun zudlik bilan Olma-otaga uchib ketishmoqda.
Tez orada tegishli idoralar bilan hamkorlikda voqeani rasman o‘rganish uchun maxsus komissiya tuziladi.
Federatsiya OAV vakillari va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan tasdiqlanmagan ma’lumotlar hamda mish-mishlar tarqatmaslikni, marhum va uning oila a’zolari xotirasiga hurmat ko‘rsatishni so‘raydi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar zarur tartib-qoidalar bajarilganidan so‘ng taqdim etiladi», – deyiladi federatsiya xabarida.
Ma’lumot uchun, Dias Toleu 2006 yilda tug‘ilgan bo‘lib, «Qayrat» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2024 yil aprelida «Xon-Tangri» klubiga o‘tgandi.
Bu Qozog‘istonda qariyb bir oy ichida uchinchi futbolchi o‘limi bo‘lmoqda. 23 sentabr kuni Pavlodar–Ostona trassasida yuz bergan avariya oqibatida «Jyenis» klubi a’zosi Viktoriya Kaysarinova halok bo‘lgandi. 12 oktyabr kuni esa «Aqto‘be» klubining yoshlar jamoasi a’zosi, 15 yoshli Aron Musa is gazidan zaharlanib vafot etgan.
Mavzuga oid
19:30 / 04.12.2025
Qozog‘istonda 16 yoshga to‘lmaganlarga ijtimoiy tarmoqlarda akkaunt ochish taqiqlanishi mumkin
09:41 / 02.12.2025
O‘zbekiston fuqarolari Qozog‘iston chegara qoidalarini buzmaslikka chaqirildi
20:39 / 01.12.2025
Qozog‘istonda o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
17:36 / 01.12.2025