O‘zbekiston | 15:50 / 17.10.2025
5464
2 daqiqa o‘qiladi

Suv xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Zokir Eshpo‘latov suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari – Suv xo‘jaligi obektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi direktori, Mirolimjon Karimov esa vazir o‘rinbosari bo‘ldi.

Foto: Suv xo‘jaligi vazirligi

Prezidentining 15 oktyabrdagi qarori bilan suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyevga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi.

Zokir Eshkurbonovich Eshpo‘latov suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari – Suv xo‘jaligi obektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. 2023 yildan hozirga qadar u vazir o‘rinbosari sifatida ishlagan.

Zokir Eshpo‘latov 1983 yil 24 iyunda Surxondaryo viloyati Termiz tumanida tug‘ilgan. 2005 yilda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti bakalavriatini, 2009 yilda mazkur institut magistraturasini tamomlagan. Faoliyati davomida vazirlikning qator tizim tashkilotlarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Mirolimjon Karimjon o‘g‘li Karimov suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar u Hisob palatasi bosh inspektori, shu’ba mudiri lavozimlarida ishlagan.

Mirolimjon Karimov 1977 yil 3 yanvarda Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida tug‘ilgan. 2000 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bakalavriatini, 2002 yilda magistraturasini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1993 yilda Beshariq tumanidagi «Navbahor» ulgurji savdo bazasi ekspeditori lavozimida boshlagan. Faoliyati davomida xususiy sektor, bank, soliq tizimlarida faoliyat yuritgan.

Mavzuga oid