Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp: Uchinchi jahon urushiga Ukraina sababchi bo‘lmaydi
Donald Tramp ikki hafta ichida Vladimir Putin bilan Budapeshtda uchrashish niyatida ekanligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh prezidenti «Yevropaga yordam berish» va «ko‘pchilikning hayotini saqlab qolish» uchun Ukrainadagi urushni to‘xtatishga harakat qilmoqda.
Foto: REUTERS
16 oktyabr, payshanba kuni Oq uyda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi global mojaroga aylanib ketishiga yo‘l qo‘ymasligiga ishontirdi. «Menimcha, bu uchinchi jahon urushiga olib kelishi mumkin. Lekin bu amalga oshmaydi», — dedi Tramp.
AQShning amaldagi prezidenti Ukrainada keng ko‘lamli urush boshlanishida o‘zidan oldingi prezident Jo Baydenning noto‘g‘ri siyosatini aybladi. «Ukraina Putinning diqqat markazida edi, lekin u [Tramp prezidentligi davrida] hech qachon bunday ishni qilmagan bo‘lardi. Bu haqiqatan ham noto‘g‘ri qarorlar qabul qilingani uchun sodir bo‘ldi», dedi Oq uy rahbari va lavozimga kirishgach, bu masalani «to‘liq chalkashlik» deb topganini ta’kidladi.
Tramp, o‘z so‘zlari bilan aytganda, Ukrainadagi urushni «faqat odamlarning ruhini saqlab qolish uchun» tugatishga harakat qilmoqda. «Men buni biz uchun qilmayapman. Biz [Yevropadan] bir okean uzoqdamiz. Men Yevropaga yordam berish uchun qilyapman. Ular urush tugashini istaydi, lekin buni uddalay olmayapti. Lekin men buni qila olaman. O‘ylaymanki, muvaffaqiyatga erishamiz va ko‘p odamlarning hayotini saqlab qolamiz. Buni qilish kerak», — dedi AQSh prezidenti.
Shu matbuot anjumanida Oq uy rahbari Vladimir Putin bilan Budapeshtdagi uchrashuvi «ehtimol ikki hafta ichida» bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi. Uning aytishicha, AQSh davlat kotibi Marko Rubio Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan oldindan uchrashmoqchi. Rossiya bilan muzokaralarda vitse-prezident Jyey Di Vens va AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff ham ishtirok etadi, dedi Tramp.
Mavzuga oid
10:33
Zelenskiy Varshavada: Ukraina mustaqilligi Polsha uchun muhim
09:41
AQSh Suriyada IShID obektlariga zarba berdi
07:52
Pentagonning ichki hujjati: Xitoy AQSh dengiz ustunligiga qanday chaqiriq tashlamoqda?
22:42 / 19.12.2025