Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampning sobiq maslahatchisi Boltonga jinoiy ayblov qo‘yildi
AQSh prezidentining sobiq milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton maxfiy ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga o‘tkazishda sakkizta va bunday hujjatlarni noqonuniy saqlashda o‘nta epizodda ayblangan. U aybdorligini rad etdi.
Foto: AP
16 oktyabr, payshanba kuni Merilend shtatida katta hakamlar hay’ati AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Jon Boltonni maxfiy ma’lumotlarni noto‘g‘ri ishlatishda aybladi. Bolton maxfiy ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga berganlikda sakkizta va bunday hujjatlarni noqonuniy saqlashda 10 epizodda ayblanmoqda, deb xabar bermoqda CNN manbalarga tayanib.
AQSh Adliya vazirligining ma’lum qilishicha, amaldagi prezidentning sobiq yordamchisi maxfiy ma’lumotlarni shaxsiy elektron pochta va messenjerlar orqali yuborgan. Xabar qilinishicha, bu ma’lumotlar AQShning bo‘lajak harbiy amaliyotlari haqidagi maxfiy ma’lumotlar, shuningdek, AQSh dushmanlari, xorijiy yetakchilar va AQSh ma’muriyatining tashqi siyosati haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan. CNN manbalariga ko‘ra, Bolton maxfiy ma’lumotlarni rafiqasi va qizi bilan elektron pochta yozishmalarida bo‘lishgan bo‘lishi mumkin. Bolton ayblanayotgan har bir jinoyat uchun maksimal qamoq muddati 10 yilgacha.
Trampning sobiq maslahatchisining o‘zi Adliya vazirligidan qurol sifatida foydalanayotgan amaldagi prezidentning qurboni bo‘lganini aytdi. Boltonning so‘zlariga ko‘ra, Tramp o‘zining ikkinchi muddati davomida NKVD boshlig‘i Lavrentiy Beriya aytgan: «Agar odam bo‘lsa, modda topiladi», degan iborani amalga oshirmoqda.
Tramp 16 oktyabr kuni kechqurun Oq uyda jurnalistlar bilan suhbatda Boltonga qo‘yilgan ayblovlardan endigina xabar topganini aytdi va o‘zining milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisini «yomon odam» deb atadi.
Mavzuga oid
14:35
AQSh «Lukoyl»ga joriy etilgan ayrim sanksiyalarni vaqtincha bekor qildi
09:40
NYT OAV uchun joriy etilgan cheklovlar sabab Pentagonni sudga berdi
09:00
NATO Shimoliy Yevropa mudofaasi bo‘yicha shtabni AQShga ko‘chiradi
08:40