Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ichki ishlar xodimidan pul undirmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida ichki ishlar organi xodimidan tovlamachilik yo‘li bilan pul undirmoqchi bo‘lgan ikki shaxs qo‘lga olindi.
Foto: Videodan kadr
Viloyat IIB ma’lum qilishicha, ichki ishlar organi xodimi oila a’zolarini uyiga olib kelish maqsadida Telegram messenjeridagi mahalla guruhiga taksi kerakligi haqida xabar joylashtirgan.
Mazkur guruhda bo‘lgan, yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi 2007 yilda tug‘ilgan shaxs hamda probatsiya nazoratida jazo o‘tayotgan 1999 yilda tug‘ilgan mahalladoshi o‘zaro kelishib, ichki ishlar organi xodimidan tovlamachilik yo‘li bilan pul talab qilgan.
Ular suhbat chog‘ida xodimni ishdan bo‘shatish bilan tahdid qilib, mavjud ovozli yozuvlarni ichki ishlar organi rahbariyatiga taqdim etmaslik evaziga 15 million so‘m, keyinchalik esa 12 million so‘m talab qilgan.
Xodim bu haqda rahbariyatga ma’lum qilganidan so‘ng, Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi hamda Jizzax viloyati IIB tezkor xodimlari tomonidan tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida Zafarobod tumanida yashovchi ikki shaxs talab qilingan pulni olayotgan paytda protsessual tartibda ushlangan.
Tekshiruvlarda aniqlanishicha, ular 6 va 8 oktyabr kunlari 102 xizmatiga murojaat qilib, ichki ishlar organi xodimi ularni haqorat qilganini bildirgan, biroq holat yuzasidan tushuntirish berish uchun chaqiruvlarga javob bermagan.
Mazkur holat yuzasidan 18 va 26 yoshli fuqarolarga nisbatan Zafarobod tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
15:55 / 02.12.2025
Ulug‘bek Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
15:20 / 02.12.2025
Prezident Jizzaxda yangi tibbiyot klasterining dastlabki bosqichi bilan tanishdi
11:04 / 02.12.2025
Shavkat Mirziyoyev “Afrosiyob” poyezdida Jizzax viloyatiga yo‘l oldi
21:36 / 25.11.2025