Jamiyat | 13:41 / 18.10.2025
2894
1 daqiqa o‘qiladi

Qamchiqda xandaqqa tushib ketgan mashina va uning haydovchisi chiqarib olindi

FVV qutqaruvchilari tomonidan Qamchiq dovonida xandaqqa tushib ketgan avtomashina va uning haydovchisi chiqarib olindi.

Bugun, 18 oktyabr kuni soat 07:10 da A-373 «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan qismida «Vodiy-Toshkent» yo‘nalishida harakatlangan Volkswagen rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan.

Oqibatda u yo‘lning xandaq (kyuvet) qismiga tushib ketganligi va amaliy yordam zarurligi to‘g‘risida «Qamchiq» maxsus-qidiruv yong‘in-qutqaruv boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, bir guruh qutqaruvchilar aytilgan manzilga yetib borib, maxsus-texnika va asbob-anjomlar yordamida haydovchi va avtomobil xandaqdan olib chiqilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mavzuga oid