Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G‘azodagi vayronalar ostida 10 minglab falastinliklarning jasadi qolmoqda – OAV
Jasadlarni qidirish uchun maxsus texnika kerak, ular jangovar harakatlar to‘xtatilganiga qaramay, G‘azoda yo‘q.
G‘azo sektorida halok bo‘lgan falastinliklarning 10 mingga yaqin jasadi vayronalar ostida qolmoqda. Bu haqda Qatarning «Al-Jazira» telekanaliga tayanib, «Kommersant» xabar berdi.
Kanal suhbatdoshining aytishicha, birgina G‘azo shahrida vayronalar ostidan 4 ming nafar mahalliy aholining jasadi hali ham topilmagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, jasadlarni qidirish uchun maxsus texnika kerak, ular jangovar harakatlar to‘xtatilganiga qaramay, G‘azoda yo‘q.
Isroil va HAMAS 9 oktabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan taqdim etilgan birinchi tinchlik rejasini amalga oshirish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi. Ertasi kuni o‘t ochishni to‘xtatish rejimi kuchga kirdi. Bir kun avval TSAHAL kelishuv shartlarini buzib, G‘azo sektoridagi HAMAS obektlariga hujum qilgan edi. Isroil armiyasi ketma-ket zarbalardan so‘ng sulhga qaytganini e’lon qildi.