Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bloomberg: AQSh YeIning Rossiya aktivlaridan foydalanish rejasiga qarshi
AQSh Yevropa Ittifoqining Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan Ukrainaga yordam berish uchun foydalanish haqidagi taklifini potensial xavflar tufayli rad etdi, deb yozadi Bloomberg.
Foto: Michael Kappeler/dpa/picture alliance
20 oktyabr, dushanba kuni Bloomberg agentligi manbalarga tayanib yozishicha, AQSh Yevropa Ittifoqi tomonidan taklif etilgan «Katta yettilik» (G7) davlatlari tomonidan muzlatilgan Rossiya aktivlaridan Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun foydalanishni kengaytirish rejasiga qarshi.
Bloomberg manbalariga ko‘ra, AQSh rasmiylari o‘tgan hafta Vashingtonda bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida yevropalik hamkasblariga hozircha bu tashabbusga qo‘shilmasligini ma’lum qilgan. Bloomberg manbalaridan biri AQSh ishtirok etishni istamasligini bozor barqarorligiga xavf tug‘dirish bilan izohladi. Yana birining ta’kidlashicha, bu bosqichda AQSh hech qanday majburiyatlarni olmagan.
Joriy yilning sentabr oyida AQSh moliya vaziri Skott Bessent Vashington AQShda muzlatilgan Rossiya aktivlaridan taxminan 5 milliard dollaridan foydalanishga tayyorligini aytdi. Shu bilan birga, u mamlakat ularni musodara qilishga ruxsat beruvchi rezolyutsiya qabul qilganini ta’kidladi. «Katta yettilik» doirasida Buyuk Britaniya va Kanada Yevropa tashabbusini qo‘llab-quvvatlaydi, Yaponiya esa AQSh tomonida bo‘lib, ehtiyotkorroq pozitsiyani egallaydi, deb ta’kidlaydi Bloomberg.
YeI ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya Markaziy bankining Yevropada muzlatilgan aktivlari Ukrainaga umumiy qiymati 140 milliard yevro bo‘lgan foizsiz kreditlar berish uchun ishlatilishi mumkin. Ushbu kreditlar faqat harbiy ta’minotni moliyalashtirish uchun ishlatilishi kerak.
Mavzuga oid
21:33 / 13.02.2026
Kremlda Putin bilan uchrashuv oldidan amaldorlar uchun karantin bekor qilindi – OAV
20:40 / 13.02.2026
Mers: Urush Rossiya iqtisodiy va harbiy jihatdan holdan toygandagina tugaydi
19:34 / 13.02.2026
“AQSh bilan o‘rtamizda katta jarlik paydo bo‘ldi” – Fridrix Mers. Myunxen xavfsizlik forumidan reportaj
19:09 / 13.02.2026