Jahon | 11:10 / 21.10.2025
1712
2 daqiqa o‘qiladi

HAMAS yana bir garovga olingan shaxsning jasadini Isroilga topshirdi

HAMAS jangchilari yana bir garovga olingan shaxsning jasadini Isroilga topshirdi. TSAHAL jasad qoldiqlarini ekspertiza uchun yubordi. HAMASda garovga olingan 15 kishining jasadi bor.

Foto: REUTERS

HAMAS guruhi yana bir garovga olingan shaxsning jasadini Isroilga topshirdi, deb xabar berdi The Times of Israel 20 oktyabr, dushanba kuni. G‘arovga olingan shaxsning jasadini HAMAS jangchilari Qizil Xoch tashkiloti vakillariga G‘azo sektori janubida topshirdi. Avvalgi holatlar singari, Qizil Xoch Isroil mudofaa kuchlari (TSAHAL)ni xabardor qildi va keyin tobutni Isroil harbiylariga topshirdi.

«Garovga olingan shaxsning jasadi TSAHAL xodimlari tomonidan Isroil chegarasidan olib o‘tildi va shaxsni aniqlash bo‘yicha Milliy sud-tibbiyot institutiga olib ketilmoqda», — deya tasdiqladi harbiylar. Isroil tomoni tobutni ko‘zdan kechirishni, keyin uni Isroil bayrog‘i bilan yopishni va harbiy ravvin boshchiligida qisqa marosim o‘tkazishni rejalashtirmoqda, deb yozadi The Times of Israel. Jasadning shaxsini aniqlash ikki kungacha davom etishi mumkin, deya ta’kidlaydi nashr.

Bu jasad topshirilgunga qadar HAMASda 16 nafar halok bo‘lgan garovga olinganlarning jasadi bo‘lgan, deb yozadi The Times of Israel. O‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi kuchga kirgan 10 oktyabrdan beri jami 13 ta jasad qaytarildi.

Kuni kecha erishilgan sulh bitimi xavf ostida qoldi. 19 oktyabr kuni ertalab Isroil armiyasi HAMASni isroillik askarlarga hujum qilganlikda aybladi. Bunga javoban Isroil G‘azo sektori bo‘ylab HAMASning o‘nlab nishonlariga zarba berdi va 20 oktyabr ertalabgacha sektorga gumanitar yordam yetkazishni to‘xtatdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid