Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kuchli zilzilalar sun’iy intellekt yordamida bashorat qilinadi
«Seysmik xavfsizlikni ta’minlash hamda seysmologiya sohasidagi ishlar samaradorligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonni qabul qilishdan ko‘zlangan ustuvor yo‘nalishlar etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
- madaniy meros obektlari va transport inshootlarining zilzilabardoshligini monitoring qilish tizimini yaratish;
- seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasini raqamlashtirish va unga sun’iy intellekt texnologiyalarini tatbiq etish;
- qurilish maydonlari uchun zamin gruntlarini o‘rganish va ularning mustahkamligini oshirish choralarini ko‘rish.
Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan boshlab:
- respublikadagi “A-373” va “M-39” avtomobil yo‘llarida hamda ularga tutash tog‘li hududlardan o‘tgan temiryo‘llarda ko‘chki sodir bo‘lishi ehtimoli yuqori hududlarning doimiy radiolokatsion kosmik monitoringi tashkillashtiriladi;
- seysmik xavf yuqori bo‘lgan hududlarda sun’iy intellekt yordamida kuchli zilzilalarni o‘rta va uzoq muddatlarda prognoz qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
Dastlabki bosqichda sun’iy intellekt yordamida kuchli zilzilalarni o‘rta va uzoq muddatda prognoz qilish Toshkent shahri misolida tashkil etiladi.
2026 yil 1 martdan boshlab bino va inshootlarning zilzilabardoshlik bo‘yicha texnik holati sun’iy intellekt yordamida tahlil qilinadi.
Mavzuga oid
10:06
AQSh AI tahdidlari sabab kiberxavfsizlik talablarini kuchaytirdi
11:30 / 10.06.2026
Yangi Siri: Apple sun’iy intellekt poygasiga jiddiy qo‘shildi
10:00 / 09.06.2026
Eng yaxshi AI startaplar Prezident sovrini uchun kurashadi
18:32 / 08.06.2026