Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nodavlat sud ekspertlarining huquqiy maqomi belgilanadi
Qonunchilik palatasidagi “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida “Sud-ekspertlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Ushbu qonun loyihasi bilan nodavlat sud ekspertlarining huquqiy maqomi belgilanmoqda. Ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi muassasa (tashkilot)larning o‘z faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha sud-ekspertlik faoliyatini amalga oshirishiga ruxsat berish nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, sud ekspertizasi tadqiqotlarini o‘tkazishda ilg‘or xorijiy tajribadan keng foydalanish imkoniyatini yaratish maqsadida sud ekspertizasini tayinlovchi organga (shaxsga) o‘z tashabbusi bilan yoki davlat sud-ekspertiza muassasasi rahbarining iltimosnomasiga asosan sud ekspertizasi sohasidagi xorijiy davlat mutaxassislarini sud eksperti sifatida jalb etish huquqi berilmoqda.
Bundan tashqari, advokatning so‘rovi hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga muvofiq shartnoma asosida davlat va nodavlat sud ekspertlari tomonidan tadqiqotlar o‘tkazish va ekspertlik fikrini berish tartiblari belgilanmoqda.
Muhokamalar chog‘ida fraksiya a’zolari qonun loyihasini ishlab chiqishda xorijiy mamlakatlarning sud-ekspertlik faoliyatini tartibga soluvchi normativ hujjatlar o‘rganib chiqilgani, mazkur loyihani ishlab chiqishda inobatga olinganini alohida qayd etib, undagi normalarni yanada takomillashtirish bo‘yicha qator taklif va tavsiyalar berishdi.
Qonun loyihasi fraksiya a’zolari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Mavzuga oid
20:43 / 08.06.2026
Sudyalar uchun daromad va mol-mulk deklaratsiyasini taqdim etish tizimi ishga tushiriladi
08:56 / 28.05.2026
Ehtiyot choralarini bekor qilish vakolati faqat sudga o‘tkazilishi mumkin
19:43 / 18.05.2026
3 kishini piyodalar yo‘lagida urib yuborib, ochiqda qolgan ayol qo‘shmachilik ustida ushlandi
13:12 / 18.05.2026