Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Maduroni ag‘darmoqchi – senator Grem
Respublikachi senator so‘zlariga ko‘ra, Maduro – «narkoterrorchi, narkosavdogar va noqonuniy prezident».
Senator Lindsi Grem AQSh prezidenti Donald Tramp Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni ag‘darish uchun sharoit yaratishini aytdi. Bu haqda respublikachi Fox News efirida shunday dedi:
«Donald Tramp Maduroni taxtdan ag‘darmoqchi. Hamma Maduroning yomonligi haqida gapiradi. U ag‘dariladi. U narkoterrorchi, narkosavdogar, noqonuniy prezident va Tramp uning qulashiga olib keladigan sharoitlarni yaratadi».
Grem so‘zlariga ko‘ra, Venesuela - «Maduro tomonidan boshqariladigan, Eron bilan aloqalari bo‘lgan narkoterrorchi davlat».
Senator prezidentning Venesueladan giyohvand moddalar olib ketayotgan kemalarga zarba berish qarorini alohida qayd etib, endi AQSh nafaqat kemalarning o‘zini, balki ularga giyohvandlik moddasini yuklayotganlarni, shuningdek, «narkokartellarni boshqarayotgan narkoterrorchilar»ga boshpana bergan mamlakatni ham ta’qib qilishini aytdi.
Fox News boshlovchisi Shon Xennitining eslatishicha, Grem avvalroq Tramp bilan Venesuelada muxolifat yetakchisi, tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Mariya Korina Machadoning hokimiyat tepasiga kelishi mumkinligini muhokama qilgan.
O‘tgan hafta Tramp Venesuela yetakchisi AQShga keskinlikni yumshatish bo‘yicha bir nechta takliflar bilan murojaat qilgani haqidagi xabarlarni ochiq tasdiqladi. Tramp teleko‘rsatuvda shunday dedi: «U hamma narsani taklif qildi. U hamma narsani taklif qildi. Bilasizmi, nima uchun? Chunki u Qo‘shma Shtatlar bilan o‘chakishishni istamaydi».
AQSh va Venesuela o‘rtasidagi munosabatlardagi keskinlik so‘nggi bir necha hafta ichida kuchayib bormoqda. Qo‘shma Shtatlar Maduroga tahdid qilmoqda va allaqachon Venesueladan giyohvand moddalar olib ketayotgan kemalarga bir qator zarbalar bergan.
Mavzuga oid
11:18
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026