Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Unitree H2 - raqs tushadigan va insondek harakatlanuvchi robot
Xitoyning Unitree Robotics kompaniyasi o‘zining yangi odamsimon roboti — H2ʼni taqdim etdi. Namoyish etilgan video robototexnika olamida katta shov-shuv keltirdi. Sababi — H2 nafaqat yuradi, balki raqs tushadi, jangovar harakatlarni bajaradi va tabiiy plastika bilan harakatlanadi.
Mashina va inson o‘rtasidagi chiziq yo‘qolmoqda
Namoyishlarda robotning silliq va muvozanatli harakati deyarli insonnikiga yaqin. Bu esa ekspertlarni mashina va odam o‘rtasidagi farq tobora kamayayotgani haqida o‘ylashga majbur qildi. Unitree muhandislaridan biri:
“Biz insonlar uchun yaratilgan muhitda erkin harakatlana oladigan universal platforma yaratishga intilyapmiz. Harakatlarning tabiiyligi bu — hamkorlikning kaliti”.
Texnik tafsilotlar
H2 — to‘liq o‘lchamli gumanoid: bo‘yi 180 sm, vazni 70 kg. Ishlab chiquvchilar uni yugurishga ham qodir deya ta’kidlamoqda. To‘liq texnik xususiyatlar oshkor qilinmagan bo‘lsa-da, videodan uning avvalgi modeldan sezilarli darajada rivojlangani ko‘rinib turibdi.
Yangi detal — bionik yuz. Uning funksiyasi sir tutilgan, ammo ko‘rinishi odamda ilmiy-fantastik filmlarni eslatib, bir vaqtning o‘zida qiziqish va xavotir uyg‘otadi.
Mutaxassislar fikricha, H2 bozorda paydo bo‘lishi bilan gumanoid robotlar segmentidagi raqobatni kuchaytiradi. Avvallari asosan AQSh kompaniyalari ustun bo‘lgan bo‘lsa, endi Xitoy ham jiddiy o‘yinchiga aylanmoqda.
Mavzuga oid
19:40 / 31.05.2026
Tokio ko‘rgazmasida ignadan ip o‘tkaza oladigan robot namoyish etildi
17:10 / 23.04.2026
Ukrainaning qotil robotlari: jang maydoni endi avvalgidek emasmi?
01:04 / 13.04.2026
Unitree kompaniyasi AliExpress orqali 4000 dollarlik odamsimon robotlar sotuvini boshlaydi
07:34 / 31.03.2026