Xitoyning Unitree Robotics kompaniyasi özining eng arzon humanoid robotini global bozorga çiqariş rejasini e’lon qildi. Kompaniya R1 deb nomlanuvçi odamsimon robotni AliExpress platformasi orqali Şimoliy Amerika, Yevropa, Yaponiya hamda Singapur kabi asosiy bozorlarga çiqaradi.
Unitree öz robotini AliExpress’ning Brand+ kanali orqali taqdim etadi. Bu kanal dunyo böylab tan olingan brendlarga ixtisoslaşgan bölib, bepul yetkazib beriş va qaytariş xizmatlarini taklif qiladi. Kompaniya ötgan yili AliExpress’da öz dökonini oçgan va xalqaro faoliyatini yanada kengaytirişni rejalaştirmoqda.
South China Morning Post naşri xabariga köra, e’tibor dastlab yirik bozorlarga qaratiladi, keyinçalik esa qamrov kengaytiriladi. Unitree hozirça robotning jahon bozoridagi narxini e’lon qilgani yöq. Xitoyda uning boşlanğiç narxi 29 900 yuan (taxminan 4370 AQŞ dollari)ni taşkil etadi va u dunyodagi eng arzon humanoid robotlardan hisoblanadi.
R1 robotining böyi 123 santimetr, vazni esa 27 kilogrammni taşkil etadi. Robot gir aylaniş, yotgan holatidan turiş va toğda yuguriş kabi amallarni bajara oladi. Bahor festivalida 16 ta H1 odamsimon robot sinxron raqs ijro etganidan söng Unitree Xitoyda barçaning e’tiboriga tuşdi.
Unitree humanoid robotlar yetkazib beriş böyiça köplab raqobatçilarni ortda qoldirmoqda. Kompaniya 2025 yilda 5500 dan ortiq robot yetkazib berdi. Tesla, Figure AI va Agility Robotics kompaniyalarining har biri ötgan yili 150 donadan robot yetkazib bergan.
Kompaniya joriy yilda 10000 dan 20000 donagaça robot yetkazib berişni rejalaştirgan.












