O‘zbekiston | 09:17 / 22.10.2025
3217
1 daqiqa o‘qiladi

Prezident qarori: FVV faoliyatiga yangi tartib joriy etiladi

Prezident qarori bilan “Favqulodda vaziyatlar vazirligi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Foto: Kun.uz 

Nizom vazirlikning maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

Hujjatga ko‘ra, Favqulodda vaziyatlar vazirligining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

🔹 favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, mavjud kuch va vositalarning doimiy shayligini ta’minlash;
🔹 fuqaro muhofazasini tashkil etish va amalga oshirish, aholini favqulodda vaziyatlar xavfi yoki ro‘y berishi to‘g‘risida o‘z vaqtida ogohlantirish;
🔹 yonish va portlash xavfi yuqori bo‘lgan kimyoviy moddalarni saqlash, tashish va ulardan foydalanish ishlarini muvofiqlashtirish hamda belgilangan talablarga rioya etilishini nazorat qilish.

Vazirlik shaxsiy tarkibi prezident tomonidan tasdiqlangan namuna asosidagi harbiy va maxsus kiyim-bosh, ramz hamda farqlovchi nishonlarga ega bo‘ladi.

Vazirlikning harbiy xizmatchilari va qutqaruvchilari bepul harbiy va maxsus kiyim-bosh bilan ta’minlanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid