Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish instituti tashkil etiladi
Toshkentda seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish sohasini rivojlantirish maqsadida yangi ilmiy institut tashkil etildi.
2025 yil 20 oktyabrdagi prezident qaroriga muvofiq, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzurida Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Qarorga ko‘ra, institutining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish sohasida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish va natijalarini amaliyotga joriy etish;
- litsenziya talablariga muvofiq shaharsozlik sohasida litsenziyalanadigan faoliyat turlarini amalga oshirish;
- ilmiy tashkilotlar, jamg‘armalar, ta’lim muassasalari, shu jumladan, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish.
Institut o‘zini o‘zi moliyalashtirish tamoyili asosida faoliyat yuritadi va kengashlar nazorati ostida bo‘ladi. Shuningdek, institutiga ilmiy unvonlar va darajalar beruvchi kengashlar tuzish hamda doktorant va mustaqil izlanuvchilarni tayyorlash huquqi berildi.
Mavzuga oid
13:22 / 10.03.2026
Milliy biofarmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etiladi
18:49 / 24.01.2026
Mahallani rivojlantirish milliy instituti tashkil etiladi
15:17 / 08.12.2025
O‘zbekistonda AES uchun zilzilabardoshlik me’yorlari tasdiqlanadi
18:58 / 22.11.2025