Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston muammosi: O‘zbekiston va Britaniya konstruktiv yechim izlamoqda
O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev Buyuk Britaniya TIVning Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa bilan hamkorlik departamenti direktor o‘rinbosari Mark Kleyton bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Foto: "Dunyo" AA
Suhbatda siyosiy-diplomatik va savdo-iqtisodiy hamkorlik, xavfsizlik hamda Afg‘oniston bo‘yicha ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar ikki tomonlama aloqalarning o‘sib borayotgan dinamikasini qayd etdi va hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga o‘zaro qiziqish bildirdi.
Uchrashuvda xavfsizlik sohasidagi hamkorlik, jumladan Afg‘onistonda barqarorlikka ko‘maklashish bo‘yicha amaliy yo‘nalishlar ko‘rib chiqildi.
Muloqot konstruktiv ruhda o‘tdi va O‘zbekiston–Buyuk Britaniya o‘rtasidagi amaliy munosabatlarni yanada rivojlantirishdan o‘zaro manfaatdorlik tasdiqlandi.
Mavzuga oid
16:31 / 15.12.2025
Ukraina nomidan Rossiyaga ko‘rsatilayotgan bosim davom etadi – MI6
14:26 / 15.12.2025
Toshkentda chiqindilarni qayta ishlovchi yangi zavod quriladi
08:59 / 11.12.2025
Tramp Yevropa yetakchilari bilan Ukraina yuzasidan keskin bahslashganini aytdi
13:32 / 10.12.2025