Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAA kompaniyasi o‘zbekistonlik haydovchilarni taksichilikka chaqirmoqchi
Qayd etilishicha, dastlabki bosqichda 200ga yaqin O‘zbekiston fuqarolarini taksi haydovchisi sifatida ishga jalb qilish uchun imkoniyati mavjud bo‘lib, ularning mehnat samaradorligi yuqori bo‘lsa, yana 500 ga yaqin o‘zbekistonlik taksi haydovchilari ishga jalb qilinishi mumkin.
Foto: Kun.uz
O‘zekiston Bosh konsulxonasi xodimlari Birlashgan Arab Amirliklarining "Dubai Taxi Company PJSC" korxonasi rahbari Sayid Amin Abdulrahman bilan muzokara o‘tkazdilar.
Uchrashuvda O‘zbekistondan malakali haydovchilarni BAAda qonuniy ravishda munosib ish bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Sayid Amin Abdulrahman O‘zbekistondan tajribali haydovchilarni ishga jalb qilish jarayonini huquqiy tomondan qo‘llab-quvvatlashga, tashqi mehnat migratsiyasi sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikka tayyorligini bildirdi.
"Dastlabki bosqichda korxonamizga 200ga yaqin O‘zbekiston fuqarolarini taksi haydovchisi sifatida ishga jalb qilish uchun imkoniyatimiz bor. Agar ularning mehnat samaradorligi yuqori bo‘lsa, yana qo‘shimcha ravishda 500 ga yaqin o‘zbekistonlik taksi haydovchilarini ishga jalb qilish mumkin", – dedi u.
Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Mehnat agentligi va "Dubai Taxi Company PJSC" korxonasi vakillari o‘rtasida ushbu jabhadagi hamkorlikning keyingi bosqichlarini muhokama qilishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
19:10 / 21.02.2026
O‘zbekiston va Qozog‘iston temiryo‘l tashuvlari hajmini oshiradi
15:21 / 20.02.2026
2025 yilda O‘zbekiston bug‘doy uni importini qisqartirdi
06:00 / 19.02.2026
Prezident ikki tomonlama hujjatlarni imzolashga bag‘ishlangan marosim va qo‘shma loyihalar taqdimotida ishtirok etdi
05:55 / 19.02.2026