Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT bosh kotibi: 1,5°S bo‘yicha iqlim maqsadini amalga oshirib bo‘lmaydi
BMT bosh kotibi Guterrishning aytishicha, 2015 yilgi Parij iqlim kelishuvida e’lon qilingan global isishga qarshi kurash maqsadiga - isishni 1,5°S dan oshirmaslikka - mamlakatlar erisha olmaydi. 1,5°S dan oshiq isish muqarrar, dedi siyosatchi.
Parij iqlim kelishuvida belgilangan — Yerda o‘rtacha haroratning 1,5°S dan yuqori oshishini bartaraf etishga intilish maqsadini bajarishning iloji yo‘q. Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish chorshanba, 22 oktyabr kuni Jyenevada bayonot berdi.
«Bir narsa hozirdan ravshan: yaqin bir necha yil ichida global isishni 1,5 darajadan pastda ushlab tura olmaymiz», — dedi Guterrish. «Bu chegaradan oshish endilikda muqarrar».
BMT bosh kotibining so‘zlariga ko‘ra, bu «yaqin yillarda» sodir bo‘ladi, ammo keyin, ehtimol, harorat yana pasayishi mumkin. «Olimlar fikriga ko‘ra, 1,5°S ko‘rsatkichi asr oxiriga qadar yana amaliy maqsad sifatida saqlanib qoladi», — dedi Guterrish.
2015 yilgi Parij iqlim kelishuviga ko‘ra, dunyo mamlakatlari Yerda havo haroratining o‘rtacha qiymati sanoatgacha bo‘lgan davrga nisbatan 2°S dan ortiq oshishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Shu bilan birga, davlatlar bu ko‘rsatkich 1,5°S dan ham oshmasligi uchun harakat qilishni o‘z zimmasiga olgan.
Mavzuga oid
10:05 / 17.06.2026
O‘zbekiston Bonnda iqlim majburiyatlarini bajarish bo‘yicha yutuqlarini taqdim etdi
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:15 / 08.06.2026