Jahon | 07:36 / 23.10.2025
6140
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: tashlandiq tadqiqot stansiyasini “egallagan” oq ayiqlar

Chukotka yaqinidagi Kolyuchin orolida joylashgan tashlandiq ilmiy stansiyani oq ayiqlar egallab oldi. Hatto odamlar uchun qurilgan uylarga ham joylashgan.

Foto: Telegram / Vadim Makhorov

Kolyuchin orolidagi bo‘sh turgan tadqiqot stansiyasi 1990-yillarda, Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin, ish faoliyatini to‘xtatgan edi.

Jonzotlarni rus fotografi Vadim Maxorov «Professor Xromov» kemasida Vrangel oroliga yo‘l olar ekan, dron yordamida tasvirga olgan. Uning aytishicha, suratga olish paytida ayiqlardan taxminan bir kilometr masofada bo‘lgan.

Maxorov ta’kidlashicha, oq ayiqlarning tashlandiq uylar va stansiyalarga joylashishi noyob holat emas: eshiklari ochiq qolgan har qanday qutb bazasi yoki binoda vaqtincha “uy” qilib yashashi mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid