Polşaning Strefa Biznesu va PAP elektron portallarida "Energetika tizimini raqamlaştiriş: Özbekistonda birinçi raqamli elektr stansiyasi qurilişi muvaffaqiyatli yakunlandi" sarlavhali maqola e’lon qilindi.

"Shanghai Electric kompaniyasining Özbekistondagi birinçi raqamli qurilmasi bölgan 220 kV kuçlanişli "Zafarobod" raqamli podstansiyasining qurilişi muvaffaqiyatli yakunlanib, foydalanişga topşirildi. Uşbu zamonaviy podstansiya Jizzax viloyatida joylaşgan bölib, qariyb 75 ming kvadrat metr maydonni egallaydi va Özbekiston şarqida energiya ta’minotini sezilarli darajada yaxşilaşga qaratilgan", – deb ta’kidlangan naşrlarda

Qayd etilişiça, "Zafarobod" raqamli podstansiyasi töliq işga tuşgaç, hududiy elektr tarmoqlarini mustahkamlaş va mamlakatda energiya taqsimotini yaxşilaşda muhim rol öynaydi. 400 megavatt quvvatga ega yangi inşoot Jizzax viloyatini elektr energiyasi bilan ta’minlaşni samarali ikki barobarga oşiradi, yaqin atrofdagi sanoat korxonalari va aholi turar joylarini barqaror energiya bilan ta’minlaydi.

Podstansiya Shanghai Electric kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan 250 MVA quvvatga ega ikkita avtotransformator bilan jihozlangan. Ular Jizzax viloyatini işonçli va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlaşni kafolatlaydi, şuningdek, bu jadal rivojlanayotgan hududning tobora ortib borayotgan talabini qondiradi.

"Zafaroboddagi eng muhim va innovatsion sarmoya konsepsiyasi podstansiyaning samaradorligi va xavfsizligini sezilarli darajada oşiradigan töliq raqamli tizimni joriy etiş hisoblanadi. Podstansiya zamonaviy monitoring va ma’lumotlarni yiğiş tizimlari bilan ham jihozlangan bölib, bu joylarda texnik xizmat körsatuvçi xodimlarga bölgan ehtiyojni kamaytiradi va iş xavfsizligini oşiradi", – deb yozgan Polşa OAV.