Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda “yashil” energiya ulushi 23 foizga yetdi
2025 yil boshidan buyon O‘zbekistondagi quyosh va shamol stansiyalari 9 mlrd kWh elektr energiyasini ishlab chiqardi. GESlarni ham qo‘shganda, ishlab chiqarilgan jami “yashil” energiya hajmi 14,5 mlrd kWh'ni tashkil etmoqda. Bu – mamlakatdagi umumiy generatsiyaning 23 foizini “yashil” energiya tashkil etayotganini anglatadi.
Foto: Shutterstock
22 oktyabr soat 19:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistondagi quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan yil boshidan buyon ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmi 9 mlrd kWh'ga yetdi.
Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, bugungi kunda mamlakatda umumiy quvvati 4 682 megavatt bo‘lgan 12 ta quyosh fotoelektr stansiyasi va 5 ta shamol elektr stansiyasi ishlab turibdi.
“Yashil” energiya hisobidan 2 mlrd 730 mln kub metr tabiiy gaz tejaldi, atmosferaga chiqishi mumkin bo‘lgan 4 mln tonna zararli moddalar oldi olindi”, – deyiladi rasmiy xabarda.
Joriy yil boshidan 22 oktyabr soat 19:00 holatigacha O‘zbekistondagi barcha gidroelektr, quyosh va shamol stansiyalari jami 14 mlrd 520 mln kWh elektr energiyasi ishlab chiqardi. Bu mamlakatdagi umumiy generatsiyaning 23 foiziini “yashil energiya” tashkil etayotganini anglatadi. Bu esa 7,5 mln xonadonning 10 oylik yoki 6 mln xonadonning bir yillik elektr ehtiyojiga teng.
Bir oy avval, 23 sentabr kuni soat 14:00 da mamlakatdagi quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energisi 8 mlrd kWh'ni tashkil etgan.
Mavzuga oid
23:13 / 05.12.2025
Ustyurtda «O‘zbekneftgaz» va SOCAR qo‘shma loyihasi ishga tushdi
15:41 / 05.12.2025
BAA kompaniyalari O‘zbekistonda yangi quyosh, shamol va GES loyihalarini amalga oshiradi
13:20 / 05.12.2025
2030 yilgacha 17 ming MVtdan ortiq «yashil» energiya quvvatlari ishga tushiriladi
13:15 / 05.12.2025