Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Belgiyaga keldi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Bryussel shahriga keldi.
Belgiya poytaxtining xalqaro aeroportida davlat rahbarini Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Eduards Stiprays va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
24 oktyabr kuni O‘zbekiston prezidenti Yevropa kengashi raisi Antoniu Koshta va Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen bilan muzokaralar hamda Belgiya qiroli Filipp bilan uchrashuv o‘tkazadi.

Davlat rahbari O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolash marosimida ishtirok etadi.

Tashrif doirasida Yevropaning yetakchi kompaniyalari va moliyaviy tuzilmalarining vakillari bilan davra suhbati o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
20:15 / 13.07.2026
O‘zbekistonliklar Belarusda ro‘yxatdan o‘tmasdan 10 kungacha qolishi mumkin bo‘ladi
18:19 / 13.07.2026
Bekobodda yangi sohil, muzey va bog‘: prezident amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi
14:36 / 13.07.2026
Mamlakatda 1,5 mlrd tonna temir ruda zaxirasi mavjud – prezident
13:06 / 13.07.2026