Prezident Şavkat Mirziyoyev Bekobod şahriga taşrifi doirasida Özbekiston metallurgiya kombinatida barpo etilgan Quyuv-prokatlaş majmuasining tantanali oçiliş marosimida iştirok etdi. Davlat rahbari kombinat jamoasi, mehnat faxriylari va xorijiy hamkorlarni uşbu muhim voqea bilan tabrikladi.

Marosimda ta’kidlanganidek, sönggi yillarda mamlakatda kon-metallurgiya sanoatini zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlantirişga qaratilgan keng kölamli islohotlar amalga oşirilmoqda. Ötgan ön yil davomida tarmoqqa qariyb 2 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilinib, 31 ta yirik işlab çiqariş quvvati foydalanişga topşirildi. Xususiy sektorning kengayişi natijasida sohada faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 150 tadan oşdi.

Şu davr mobaynida mahalliy metall mahsulotlari işlab çiqariş hajmi yillik 3 million tonnaga, uning qiymati esa 23 trillion sömga yetdi. Taqqoslaş uçun, 2016 yilda tarmoqda 800 ming tonna yoki 1,5 trillion sömlik mahsulot işlab çiqarilgan edi.

Yangi Quyuv-prokatlaş majmuasi Özbekistonda issiq prokatlangan pölat listlar işlab çiqariş böyiça birinçi loyiha hisoblanadi. Uning işga tuşirilişi natijasida yiliga 8 trillion sömlik 1 million tonna issiq prokatlangan pölat list işlab çiqariladi. Bu Toşkent va Samarqand metallurgiya zavodlarining prokat listlarga bölgan ehtiyojini töliq qoplaş imkonini beradi.

Prezident kelgusi yillarda kombinatni mahalliy xomaşyo bilan ta’minlaş ustuvor vazifa bölişini ta’kidladi. Qayd etilişiça, mamlakat hududida 1,5 milliard tonna temir rudasi zaxirasi mavjud. Yaqin uç-tört yilda «Tebinbuloq» konini işga tuşiriş orqali yiliga 1 million tonna pölat işlab çiqariş, «Surun-ota» konidagi ma’danlarni boyitiş hisobiga esa har yili 600 ming tonna temir xomaşyosi oliş rejalaştirilgan.

Şuningdek, kombinat hududida «Özbekiston ekologik texnologiyalar sanoat parki» taşkil etiladi. Joriy yilning özida uşbu parkda umumiy qiymati 70 million dollar bölgan oltita investitsiya loyihasi boşlanadi. Ularning amalga oşirilişi natijasida yana 660 ta yuqori daromadli iş örni yaratiladi.