Jahon | 07:38 / 25.10.2025
27802
2 daqiqa o‘qiladi

Tarixda eng uzoq umr ko‘rgan insonlar reytingi

Insonning uzoq umr ko‘rish qobiliyati tadqiqotchi va tarixchilarda doimo qiziqish uyg‘otib kelgan. Tarix davomida o‘rtacha me’yordan ancha ko‘p yashagan odamlar uchragan bo‘lib, bu sog‘liq, irsiyat va odatlarning uzoq umr ko‘rishga ta’siri haqida muhim ma’lumot bergan.

Foto: AP

Yuqoridagi infografikada tarixda eng uzoq umr ko‘rgan insonlar reytingi keltirilgan bo‘lib, erkaklar va ayollar orasidagi eng yuqori ko‘rsatkichlar alohida ta’kidlangan. Vizualizatsiya uchun ma’lumotlar Wikipedia’dan olingan; u Gerontology Research Group va Guinness World Records kabi rasmiy manbalardan tekshirilgan yozuvlarni jamlaydi.

Bu reytingdagi barcha ayollar 115 yoshdan ortiq yashagan, rekord esa fransiyalik Janna Kalmanga tegishli — u 122 yil 164 kun umr ko‘rgan.

1875 yilda tug‘ilgan Janna Eyfel minorasi qurilishi, ikki jahon urushi va zamonaviy texnika paydo bo‘lishining guvohi bo‘lgan. U o‘zining uzoq yashashini “O‘rta Yer dengizi uslubida”gi turmush tarzi bilan izohlardi: terisi uchun zaytun yog‘ini muntazam qo‘llash, shokoladni me’yorida iste’mol qilish hamda jismoniy faollikni saqlash.

Yaponiyalik Dziroemon Kimura esa eng uzoq umr ko‘rgan erkak sifatida e’tirof etilgan — 116 yil 54 kun. U uzoq yashashini faollik va ovqatni to‘yib yemaslik (me’yorga rioya qilish) bilan bog‘lardi.

Ayollar odatda biologik va xulq-atvor omillari tufayli erkaklarga nisbatan uzoqroq yashaydi. Masalan, estrogen yurak-qon tomir tizimini ma’lum darajada himoya qilishi mumkin, shuningdek, ayollar odatda spirtli ichimlikni suiiste’mol qilish yoki xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish kabi tavakkalli xulq-atvorga kamroq moyil bo‘ladi.

Mavzuga oid