Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uy-joylarda energiya auditini to‘liq qoplash yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston hukumati qarori bilan aholi uy-joylarini energiya auditidan o‘tkazish va energiya samarador qurilmalarni o‘rnatishni qo‘llab-quvvatlash tartibi tasdiqlandi. Nizomga ko‘ra, audit xarajatlari 100 foiz qoplanadi, qurilma-uskunalar uchun 20–40 foiz subsidiya beriladi.
Hukumat qaroriga muvofiq, aholi uy-joylarida energiya tejamkorlikni oshirish maqsadida energiya auditini o‘tkazish xarajatlari to‘liq qoplanadi va quyosh panellari, geliokollektorlar, maishiy isitish qozonlari hamda boshqa energiya samarador uskunalarni xarid qilish va o‘rnatishga qisman moliyaviy yordam ajratiladi.
Nizom aholining “yashil” texnologiyalardan foydalanishini rag‘batlantirish, issiqlikni saqlash va elektr sarfini qisqartirishga yo‘naltirilgan. Subsidiya faqat energiya auditori xulosasi asosida o‘rnatilgan uskunalarga beriladi.
Subsidiya miqdorlari
- energiya auditi: xarajatlarning 100 foizi;
- quyosh panellari, geliokollektorlar, isitish qozonlari va boshqa uskunalar: xarid va o‘rnatishning 20 foizi;
- issiqlik nasoslari: xarid va o‘rnatishning 40%, ammo subsidiya summasi BHMning 50 baravaridan oshmaydi.
Talabgor to‘lovlarni subsidiya ajratiladigan qismi chegirilgan holda amalga oshiradi. Subsidiya qilinadigan ulushni Energiya samaradorligi milliy agentligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib beruvchiga o‘tkazadi. Shu tariqa fuqaro o‘z ulushiga to‘g‘ri keladigan qismnigina to‘laydi.
Agar talabgor tijorat banklaridan “yashil” kredit olish maqsadida uy-joyni energiya auditidan o‘tkazish bo‘yicha so‘rov yuborib, shartnoma rasmiylashtirsa, shartnoma summasi 100 foizi oldindan o‘tkaziladi va maxsus platformada vaqtincha band qilinadi.
Mavzuga oid
08:38 / 05.03.2026
Top-300 xorijiy universitetlarga kirgan yoshlar va pedagoglar qo‘llab-quvvatlanadi
09:31 / 03.03.2026
Havo monitoringi va tozalash uskunalari o‘rnatgan korxonalar rag‘batlantiriladi
13:35 / 29.01.2026
Ayrim talabalarning turar joyda yashash xarajatlari qoplab beriladi
10:41 / 12.01.2026