O‘zbekiston | 18:01 / 28.10.2025
2912
1 daqiqa o‘qiladi

5 may «Kasb va mehnat kuni» sifatida nishonlanadi

Kasbiy ta’lim tizimini 2030 yilga qadar isloh qilishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari belgilandi.

«Kasbiy ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.

Quyidagilar kasbiy ta’lim tizimini 2030 yilga qadar isloh qilishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib belgilandi, jumladan:

- xalqaro va qo‘shma ta’lim dasturlari joriy etilgan texnikumlar sonini kamida 250 taga yetkazish;

- 9-sinf bitiruvchilarining kasbiy ta’lim bilan qamrovini amaldagi 29 foizdan 50 foizga yetkazish;

- xorijda malaka oshirish va stajirovka o‘tash dasturlarida ishtirok etgan pedagoglar sonini 100 nafardan 2500 nafarga yetkazish.

Maktabning 10-sinf o‘quvchilariga o‘qishini texnikumlarga ko‘chirishga ruxsat beriladi.

2026 yildan boshlab 5 may kuni «Kasb va mehnat kuni» sifatida har yili nishonlanadi hamda uning doirasida jamoatchilik, ayniqsa, yoshlar orasida kasblar jozibadorligini oshirish va kasbiy ta’limni ommalashtirishga qaratilgan tadbirlar tizimli ravishda amalga oshiriladi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid