2025/2026-öquv yili uçun kasbiy ta’lim taşkilotlariga qabul boşlandi, deb xabar berdi Oliy ta’lim vazirligi.
Kasbiy ta’lim taşkilotlariga hujjatlar kamida umumiy örta ma’lumot negizida boşlanğiç, örta va örta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari böyiça kunduzgi, keçki va dual ta’lim şakllariga my.edu.uz platformasi orqali 2025 yil 10 sentabrgaça (şu kuni ham) qabul qilinadi.
Tibbiyot texnikumlariga öqişga kiriş istagida bölgan abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga tanlov natijalari e’lon qilingan kundan boşlab 10 kun davomida, tegişli mutaxassislik va ta’lim tilini tanlagan holda tanlovda iştirok etiş uçun röyxatdan ötadi.
Boşqa texnikumlar (kamida umumiy örta ma’lumot negizida) böyiça kiriş sinovlari yozma imtihon şaklida ötkaziladi.
2025/2026-öquv yili uçun kamida umumiy örta ma’lumot negizida 549 ta texnikumga jami 143 114 ta (şundan 66 484 ta davlat granti) qabul parametrlari tasdiqlangan.
Şundan:
- kunduzgi ta’limda – 102 194 ta (49 234 ta davlat granti);
- keçki ta’limda – 2 250 ta;
- dual ta’lim şaklida – 38 670 ta (17 250 ta davlat granti).











