Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ekologik reydlar: chiqindi tashlash bo‘yicha minglab holatlar aniqlandi
Prezident topshirig‘iga muvofiq respublika bo‘ylab davom etayotgan tozalik va ozodalik oyligi doirasida atrof-muhitni ifloslantirish holatlari yuzasidan kuchaytirilgan nazorat o‘rnatildi. 15–25 oktyabr kunlari belgilanmagan joylarga chiqindi tashlash bo‘yicha 3 792 ta holat aniqlanib, huquqbuzarlarga nisbatan qonuniy choralar qo‘llandi.
Oylik doirasida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Bosh prokuratura, Milliy gvardiya va Ichki ishlar vazirligi xodimlaridan iborat ishchi guruh tashkil etildi. Guruh tomonidan atrof-muhitni ifloslantirish bilan bog‘liq qonunbuzarliklar o‘rganilib, tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Reydlar natijalari: 3 792 ta chiqindi tashlash holati aniqlandi (15–25 oktyabr).
Huquqbuzarlarga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rildi. Kuchaytirilgan reyd tadbirlari davom etmoqda.
Barcha hududlarda mahallalar, ko‘chalar, ta’lim muassasalari va boshqa obektlardan chiqindilar tozalanmoqda, ko‘kalamzorlashtirish va profilaktik targ‘ibot ishlari yo‘lga qo‘yilgan.
Ekologiya vazirligi barchani oylik doirasidagi tozalik tadbirlarida faol ishtirok etishga, duch kelgan joyga chiqindi tashlamaslikka va atrof-muhitga nisbatan mas’uliyatli bo‘lishga chaqirdi. Eslatib o‘tiladi: tabiatni ifloslantirish uchun qat’iy javobgarlik belgilangan.
Mavzuga oid
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
10:30 / 04.07.2026
O‘zbekistonda 11 ta chiqindidan energiya ishlab chiqarish zavodi quriladi
09:15 / 27.06.2026
Qaysi mamlakatlarda yadro chiqindilari eng ko‘p? Yangi xarita e’lon qilindi
09:05 / 20.06.2026