Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belarusda «Oreshnik» dekabrda jangovar navbatchilikka qo‘yiladi
Lukashenko matbuot kotibining aytishicha, hozir Belarusda Rossiyaning «Oreshnik» raketa majmuasini joylashtirish uchun sharoit yaratish ishlari yakunlanmoqda.
Rossiyaning «Oreshnik» raketa majmuasi dekabr oyida Belarusda jangovar navbatchilikka qo‘yiladi, deb ma’lum qildi Belarus rahbari Aleksandr Lukashenkoning matbuot kotibi Nataliya Eysmont seshanba, 28 oktyabr kuni. Uning so‘zlariga ko‘ra, «‘Oreshnik’ni Belarus Respublikasida joylashtirish uchun sharoit yaratish ishlari yakunlanmoqda».
«Joriy yil dekabrida u jangovar navbatchilikka qo‘yiladi, shu bois ‘Oreshnik’ bo‘ladimi-yo‘qmi degan har qanday gap-so‘zlarga chek qo‘yildi», — deya Eysmontning so‘zlarini keltiradi TASS agentligi.
Lukashenko shu kunning o‘zidayoq bu qurolni Belarusda joylashtirish tajovuz emas, balki «mintaqadagi vaziyat eskalatsiyasi va zamonaviy tahdidlarga nisbatan javob chorasi» ekanini aytdi. «Biz hech kimga tahdid solmayapmiz, faqat o‘z xavfsizligimizni ta’minlayapmiz. Qolaversa, har doim konstruktiv muloqot va taranglikni pasaytirishga qaratilgan o‘zaro qadamlarga ochiqmiz», — deya Lukashenko so‘zlarini keltiradi BelTA agentligi.
Uning ta’kidlashicha, agar Yevropa mamlakatlari yangi raketa majmualarini joylashtirishdan voz kechsa, «Oreshnik»ni mamlakatda joylashtirish to‘xtatilishi mumkin.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 1 avgust kuni Valaam orolida Lukashenko bilan uchrashuvda Rossiyada o‘rta masofaga mo‘ljallangan «Oreshnik» raketa majmuasining ilk seriyasi ishlab chiqilganini va u bir bor Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida qo‘llanganini, shuningdek RF Qurolli kuchlariga topshirilganini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, shunday yana bir majmua Belarusga yuborilishi rejalashtirilgan.
12–16 sentabr kunlari Belarus hududida Rossiya–Belarus strategik mashg‘ulotlari — «Zapad-2025» — bo‘lib o‘tdi. Manyovrlar doirasida, jumladan, yadroviy qurilma olib yurishi mumkin bo‘lgan «Oreshnik» ballistik raketasini qo‘llash ehtimolini rejalashtirish ham mashq qilindi.
Mavzuga oid
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
22:16 / 16.06.2026
Vatikan va «yahudiylar lobbisi» Putinni aldadi - Lukashenko
18:54 / 16.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Belarus bosh vaziri bilan uchrashdi
17:01 / 05.06.2026