Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida ko‘p qavatli uyning tomini o‘zlashtirgan shaxs jazolandi
U uyning shiftini buzib, tomga chiqish yo‘lini qurgan va tom qismini xonalarga bo‘lib, yashash uchun mo‘ljallangan xonadonga aylantirmoqchi bo‘lgan.
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan Angren shahri «Yangiobod» qo‘rg‘oni hududida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida ko‘p qavatli uylarning birida uy-joydan foydalanish tartiblariga zid bo‘lgan holat aniqlandi.
Jumladan, ko‘p qavatli uyning shifti buzilib, yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarga shikast yetkazilgan holda zina o‘rnatilgani, ushbu zina orqali tom qismiga chiqish yo‘li qurilgani, shuningdek, tom qismi xonalarga bo‘linib, yashash uchun mo‘ljallangan xonadonga aylantirish ishlari amalga oshirilayotgani ma’lum bo‘lgan.
Holat yuzasidan huquqbuzar shaxsga nisbatan inspeksiya xodimlari tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 159-moddasiga muvofiq bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari (20,6 mln so‘m) miqdorida jarima jazosi qo‘llangan.
Mavzuga oid
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026
Sergelida kanalizatsiya inshooti atrofidagi sassiq hid bartaraf etiladi
17:03 / 04.07.2026