Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi qoidalar: radiatsiyaviy manbalar xavfsizligi tartibi tasdiqlandi
Adliya vazirligi 2025 yil 28 oktyabrda “Radiatsiyaviy manbalar xavfsizligini ta’minlash” qoidalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Hujjat yadroviy qurilmalarga kirmaydigan, yangi qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan manbalar uchun xavfsizlik tartib-taomillarini belgilaydi.
Qoidalar O‘zbekiston hududida radiatsiyaviy manbalardan xavfsiz foydalanishni ta’minlash maqsadida qabul qilindi va loyihalash, qurish, rekonstruksiya hamda ekspluatatsiya bosqichlarida bajarilishi shart bo‘lgan talablarni belgilaydi.
Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot zimmasida:
- radiatsiyaviy manbalarni loyiha va texnologik hujjatlarga to‘la muvofiq holda ishlatish, uskunalarning texnik sozligini ta’minlash;
- favqulodda vaziyatlar va avariyalarda aholi xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘rish.
Chetlanishlarni bartaraf etish tartibi:
- loyihaviy talablardan chetlanishlarni aniqlash va sabablarini bartaraf etish;
- chetlanishlarni texnik tizimlar orqali nazorat qilish va zarurat tug‘ilsa avtomatik xavfsizlik tizimlarini ishga tushirish.
Ko‘p bosqichli himoya va tahlil:
- manbaning xavf darajasiga mos tashkiliy chora-tadbirlar va texnik yechimlarni loyihada belgilash shart;
- avtomatik xavfsizlik tizimlari ishonchliligini ta’minlash, ehtimoliy avariyalar va oqibatlarini loyiha hujjatlari asosida baholash, aniqlangan nosozliklarni bartaraf etish.
Hujjatning amalga joriy etilishi radiatsiyaviy xatarlarni kamaytirish, texnologik xavfsizlikni oshirish va aholi hamda atrof-muhitni muhofaza qilishga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
15:07 / 05.05.2025
Yirik qarz oluvchilar uchun alohida qoidalar ishlab chiqiladi
10:04 / 21.02.2025
Yo‘l harakati qoidalarida ayrim holatlar uchun jinoiy javobgarlik belgilandi
08:10 / 17.09.2024
Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi
14:37 / 01.06.2024