O‘zbekiston | 20:04 / 30.10.2025
120397
6 daqiqa o‘qiladi

Noyabrda qanday ob-havo kutilmoqda?

Oyning dastlabki haftasidayoq ayrim hududlarda havo harorati kechasi minusga tushishi mumkin.

Foto: Kun.uz

2025 yil noyabr oyida o‘rtacha oylik havo harorati me’yordan +1…+1,5 daraja past bo‘lishi kutilmoqda, deya xabar qildi O‘zgidromet.

Iqlim ma’lumotlariga ko‘ra, noyabr oyida o‘rtacha havo harorati oktyabr oyiga nisbatan +6…+7 darajaga, shimolda va cho‘l hududlarda +8…+9 daraja past bo‘ladi. Kuz faslining boshidan farqli ravishda noyabr oyi uchun havo harorati keskin o‘zgarib turishi bilan ajralib turadi.

Meteorologik kuzatuvlarning barcha davri uchun mutlaq maksimal harorat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida kuzatilgan bo‘lib, +30…+33 darajani va Farg‘ona vodiysida +26…+28 darajani tashkil etgan. Respublika hududining katta qismida mutlaq minimal havo harorati o‘tgan asrda kuzatilgan. Eng sovuq noyabr oylarida havo harorati 19…24 darajagacha, shimolda 28…31 darajagacha, eng chekka janubda 10…15 darajagacha pasayishi qayd etilgan.

O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi yillarda noyabr oyida bunday qattiq sovuqlar kuzatilmagan. O‘zbekiston hududining katta qismida asrdagi eng past 10…15 daraja harorat kuzatilgan. Bunday harorat 2016 yil va 2020 yil noyabr oylariga to‘g‘ri keladi. Bu davrda eng sovuq kunlarda termometr ustuni +0…+3 darajadan yuqori bo‘lmagan.

Joriy asrda juda past havo harorati faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida rekord qiymatlarga yaqin bo‘ldi. 2006 va 20162020 yillarda havo harorati 18…21 darajagacha, Ustyurtda 26…28 darajagacha pasaydi.

2023 yil noyabr oyi O‘zbekistonda meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun eng issiq bo‘lib, bunda o‘rtacha oylik harorat iqlim me’yoridan 36 darajaga yuqori bo‘ldi.

2023 yil noyabr oyida respublika hududining katta qismida (shimoliy hududlar va cho‘l hududlardan tashqari) havo harorati manfiy qiymatlargacha pasaymagan.

Noyabr oyining o‘ziga xos xususiyati shundaki, u yilning boshqa oylariga nisbatan harorat ko‘tarilishiga kamroq moyil hisoblanadi. So‘nggi 25 yil ichida haroratning oshish tendensiyasi salbiy qiymatga ega bo‘ldi, ya’ni o‘rtacha oylik havo haroratining pasayish tendensiyasi kuzatildi.

Bu yil noyabr oyi qanday bo‘ladi?

3 noyabrdan shimoliy hududlarga, 4 noyabrdan O‘zbekistonning barcha hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib kelishni boshlaydi. 35 noyabrda respublika viloyatlarining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda qorga aylanadi.

47 noyabrda havo harorati kechasi +0…+3 darajagacha, ba’zi joylarda 0...–3 darajagacha, kunduzi +8…+13 darajagacha asta-sekin pasayadi.

Keyinchalik noyabr oyi oxirigacha havo harorati kechasi 3…+2 darajadan +5…+10 darajagacha, kunduzi +8…+13 darajadan +18…+23 darajagacha o‘zgarib turadi.

Noyabr oyida o‘rtacha oylik havo harorati me’yordan +1…+1,5 daraja past bo‘lishi kutilmoqda, ba’zi joylarda me’yorga yaqin bo‘ladi. Noyabr oyining ikkinchi va uchinchi o‘n kunligida (23 kun) yog‘ingarchilik asosan yomg‘ir ko‘rinishida kutilmoqda.

Noyabr oyi o‘rtacha oylik harorati va uning trendi

Noyabr oyida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, vaqti-vaqti bilan qorga aylanadi) oktyabr oyiga nisbatan tez-tez kuzatiladi va u davomiy va jadal bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda birinchi qor qoplami shakllanadi. Pastki hududlarda u beqaror bo‘lib, 20002200 metr yuqori tog‘li hududlarda qorning balandligi oy oxiriga kelib 2540 santimetrga yetadi.

2011 yil noyabr oyi respublika hududining katta qismida kuzatilgan barcha yillar uchun yog‘ingarchilik eng ko‘p bo‘lishi qayd etilgan. O‘sha noyabr oyida yog‘ingarchilik miqdori oylik me’yordan 33,5 martagacha, eng chekka janubda esa oylik me’yordan 47 martagacha ko‘p bo‘lgan.

Masalan, Toshkentda oylik me’yor 51 mm bo‘lib, 2011 yil noyabr oyida 167 mm yog‘ingarchilik kuzatilgan, ko‘p yillik me’yor 11 kun bo‘lib, ushbu yilda 19 kun yog‘ingarchilik kuzatilgan.

Yog‘ingarchilik yomg‘ir hamda qor ko‘rinishida kuzatilgan. Beqaror qor qoplami oyiga bir necha marta hosil bo‘lgan, oyning oxirida esa qor qoplami balandligi 20 santimetrga yetgan, biroq bu ko‘rinishda atigi 2 kun davomida saqlanib turgan.

Termiz shahrida yog‘ingarchilik me’yori 20 mm bo‘lganda, 2011 yil noyabr oyida 148 mm yog‘ingarchilik yoqqan.

Ammo meteorologik kuzatuvlar tarixida yog‘ingarchilik me’yorining 1 foizdan 30 foizgacha kuzatilgan anomal quruq noyabr oylari ham qayd etilgan.

Mavzuga oid