O‘zbekiston | 11:06 / 30.10.2025
4348
1 daqiqa o‘qiladi

Peter Pellegrini Samarqandga amaliy tashrif bilan yetib keldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan Slovakiya prezidenti Peter Pellegrini 29 oktyabr kuni O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan keldi. Samarqandda oliy darajadagi muzokaralar va YuNeSKO bosh konferensiyasining 43-sessiyasida faxriy mehmon sifatida ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Foto: O‘zA

Oliy martabali mehmonni Samarqand xalqaro aeroportida O‘zbekiston bosh vaziri A.Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi. Tashrif dasturi doirasida Samarqand shahrida yuqori darajada uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilib, ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbollari muhokama etiladi.

Shuningdek, Peter Pellegrini Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan YuNeSKO bosh konferensiyasining 43-sessiyasi tadbirlarida faxriy mehmon sifatida ishtirok etadi. Tashrif ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va gumanitar aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.

Mavzuga oid