Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston prezidentining sobiq maslahatchisi mushtlashuvda halok bo‘ldi
56 yoshli Yerjan Babakumarov 36 yoshli erkak bilan janjallashib qolgan.
Foto: primeminister.kz
Qozog‘iston prezidentining sobiq maslahatchisi Yerjan Babakumarov Ostona shahrida tanishi bilan mushtlashuvda halok bo‘ldi, deb xabar berdi Orda.
56 yoshli Babakumarov 36 yoshli erkak bilan janjallashib qolgan.
«Nizo janjalga aylanib ketdi. Oqibatda 56 yoshli erkak hayot bilan mos kelmaydigan jarohatlar olib, vafot etdi. Qotillik bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi», deyiladi politsiya xabarida.
Gumonlanuvchi qo‘lga olinib, vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.
Babakumarov 1969 yil 2 martda Taldiqo‘rg‘on viloyatida (hozirda Olmaota viloyati tarkibiga kiradi) tug‘ilgan. 1991 yilda Al-Forobiy nomidagi Qozog‘iston davlat universitetini siyosiy tarix o‘qituvchisi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Davlat tuzilmalarida 1996 yildan beri ishlagan: dastlab Olmaota ma’muriyatida, keyin prezident ma’muriyatida (Nursulton Nazarboyev davrida), mamlakat Madaniyat vazirligida, bosh vazir devonida.
Qosim-Jo‘mart To‘qayev 2019 yilda prezident bo‘lganida, Babakumarov bir necha oy davomida uning maslahatchisi lavozimini egallagan edi.
Shundan so‘ng, 2022 yil fevraligacha Olmaota hokimi o‘rinbosari bo‘lgan, ya’ni shu yilning yanvarida shaharni qamrab olgan tartibsizliklardan so‘ng lavozimidan ketgan va siyosiy maydonga boshqa qaytmagan.
Mavzuga oid
14:09 / 31.01.2026
Qozog‘iston chechenistonlik muxolifatchini Rossiyaga topshirishni ma’qulladi
21:44 / 28.01.2026
To‘qayev qo‘shni davlatdan Qozog‘iston orqali $14 mlrd xorijga o‘tkazilganini aytdi
08:43 / 28.01.2026
Ijtimoiy tarmoqlar va bolalar: Qozog‘istonda cheklovlar ko‘rib chiqilmoqda
09:20 / 24.01.2026