Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonning eng yirik neft konserni yana RFdan neft sotib olmoqda
Reuters ma’lumotiga ko‘ra, Indian Oil Corp (IOC) dekabr oyida yetkazib berilishi kutilgan ESPO turidagi Rossiya neftini AQSh sanksiyalariga tushmaydigan yetkazib beruvchilardan besh yuk partiyasi hajmida xarid qildi.
Foto: Biju Boro/AFP
Hindistonning eng yirik neft konserni Indian Oil Corp (IOC) Rossiya neftini xarid qilishni qayta boshladi. Savdo sohasidagi manbalarga tayanib, 31 oktyabr kuni Reuters xabar berishicha, kompaniya sanksiyalarga tushmaydigan yetkazib beruvchilardan dekabr oyi uchun besh partiya neft sotib olgan.
Jami xarid hajmi 3,5 mln barrel ESPO turidagi Rossiya neftini tashkil etadi. Agentlik ta’kidlashicha, bu — kompaniya AQShning Hindistonga RF neftini import qilishni to‘xtatish talabi bilan bosim kuchaytirganiga qaramay, xaridlarni qayta yo‘lga qo‘yganini anglatadi. IOC moliya direktori Anudj Chayn ilgari aytib o‘tganidek, konsern xalqaro sanksiyalar buzilmagan taqdirda Rossiya neftini sotib olishni davom ettiradi, deb eslatadi Reuters.
AQSh 22 oktyabr kuni RFga nisbatan yangi sanksiyalar joriy etdi. Bunga «Moskva boshlab bergan Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha tinchlik jarayoniga Rossiyaning jiddiy qiziqishi yo‘qligi» sabab qilib ko‘rsatildi. Qora ro‘yxatga Rossiyaning ikki eng yirik neft kompaniyasi — «Rosneft» va «Lukoyl», shuningdek ularning Rossiya hududidagi shu’ba tuzilmalari kiritildi. Qoidalarni buzgan taqdirda AQSh fuqarolariga ham, xorijliklarga ham nisbatan fuqarolik-huquqiy yoki jinoiy choralar qo‘llanishi mumkinligi qayd etilgan.
Shundan keyin Xitoy va Hindiston Rossiya nefti importini keskin qisqartirishga tayyorlanayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Xususan, RFdan Hindistonga yo‘l olgan ikki neft tankeri AQSh sanksiyalari e’lon qilinganidan keyin kursini o‘zgartirgani ma’lum bo‘ldi: ulardan biri Boltiq dengizida orqaga burilgan, ikkinchisi esa Hindistonning g‘arbiy qirg‘oqlari yaqinida bir necha kundan beri suzib yuribdi.
Mavzuga oid
15:45 / 04.12.2025
Neft, qurol va geosiyosat. Putin nega Hindistonga davlat tashrifi bilan kelmoqda?
14:15 / 03.12.2025
Hindiston hukumati smartfonlarda o‘chirib bo‘lmaydigan davlat ilovasini joriy etmoqda
10:40 / 03.12.2025
«Yashirin flot» tankerlarida Rossiya nefti to‘planib qolmoqda
16:05 / 25.11.2025