Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda «Mercedes-Benz» tez yordam avtomobili bilan to‘qnashdi
30 oktyabr kuni soat 12:45 larda Yashnobod tumanidagi KHAY ko‘chasida («eski ToshMI» qarshisida) Mercedes-Benz va tez tibbiy yordam avtomobili ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Ikki nafar fuqaroga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi.
Toshkent shahar Yashnobod tumani, KHAY ko‘chasida 2024 yil 30 oktyabr kuni soat 12:45 larda yo‘l-transport hodisasi qayd etildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 1986 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Mercedes-Benz avtomobili 1971 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi tez tibbiy yordam avtomobili bilan to‘qnashgan.
Hodisa natijasida ikki nafar fuqaroga tibbiyot xodimlari tomonidan voqea joyida birinchi yordam ko‘rsatildi.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Qo‘shimcha ma’lumotlar tekshiruv yakunlariga ko‘ra e’lon qilinadi.
Mavzuga oid
13:57 / 25.06.2026
«Andijon polkasi» tadbiriga ketayotgan o‘quvchilar YTHga uchradi
18:50 / 24.06.2026
Avtomobil tezligini avtomatik cheklaydigan tizim sinovlardan o‘tolmadi
20:30 / 23.06.2026
Haydovchiga sug‘urta tovoni uchun aybdor tomon sug‘urtalovchisiga murojaat qilish imkoniyati berildi
19:59 / 23.06.2026