Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bekobodda Sirdaryoni bog‘laydigan yangi ko‘prik ishga tushdi
Bekobod tumanida Sirdaryoning ikki sohilini bog‘laydigan 200 metrli ko‘prik va 6 km zamonaviy avtomobil yo‘li foydalanishga topshirildi. 72 mlrd so‘mlik loyiha natijasida Do‘stlik va Yangiovuldan tuman markazigacha bo‘lgan masofa 44 kmga qisqardi, kunlik avtoharakat 2 mingdan 14 mingtagacha oshdi.
Bekobod tumanida uzoq yillar kutilgan ko‘prik qurilishi yakunlanib, tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda prezident administratsiyasi mas’ul xodimlari, Toshkent viloyati rahbariyati va faollari, nuroniylar, quruvchilar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev marosimda nutq so‘zladi.

Inshoot tarixi 1989 yilga borib taqaladi: o‘sha yili qurilishga ruxsat olingan, ammo 1991 yilda turli sabablar bilan to‘xtab qolgan. 2025 yilda tegishli qaror bilan loyiha qayta boshlanib, izchil harakat natijasida amalga oshirildi.
Yangi ko‘prik va yo‘l infratuzilmasi doirasida piyodalar yo‘laklari, nogironligi bor shaxslar uchun qulayliklar, to‘rt polosali yo‘l hamda tungi yoritish tizimi barpo etildi. Loyiha nafaqat transport harakatini yengillashtirdi, balki iqtisodiy faollikni oshirish, bozorlar va ijtimoiy xizmatlar bilan bog‘lanishni tezlashtirishga xizmat qiladi. Aholi vaqt va xarajatlarini tejaydi, bolalar maktabga xavfsizroq yetib boradi, tadbirkor va dehqonlar mahsulotini bozorga tezroq yetkaza oladi.


Mavzuga oid
19:28 / 20.06.2026
Sirdaryoda tanishining pulini qalbaki dollarga almashtirib qo‘ygan ayol ushlandi
15:48 / 13.06.2026
Bekobodda mashinada odam urib o‘ldirib, jasadni kanalga oqizib yuborgan “oper” 7 yilga qamaldi
22:59 / 05.05.2026
"Singlimni xo‘rlashgan": Sirdaryodagi mudhish qotillik haqida reportaj
19:28 / 01.05.2026